“Jamoamizning fidoyi xodimasini sharaf bilan kuzatdik” tadbir doirasida ko‘p yillar davomida jamiyatimizda sidqidildan mehnat qilib, jamoa hurmati va e’tirofiga sazovor bo‘lgan xodimamiz Xasanova Sanovvar Gulmanovna nafaqaga tantanali ravishda kuzatildi. Tadbir davomida uning samarali mehnati, fidoyiligi hamda jamoa ravnaqiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etilib, samimiy tilak va minnatdorlik so‘zlari bildirildi.

2026-05-26