O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining “2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-apreldagi PF-70-son Farmonining 16.a-bandida 2026-yil 1-iyulga qadar  barcha hududlardagi muhandislik-texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari tomonidan joylarga chiqqan holda yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalarining rahbar va texnik xodimlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan.

            Mazkur vazifa ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida “UNG training“  MChJda 2026-yil 8-iyun kuni Qarshi davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida, energiya samaradorligini oshirish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va energiya tejamkorlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminar energiya resurslaridan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan. Tadbir davomida energiya samaradorligini oshirishning amaliy va iqtisodiy jihatlari, shuningdek, uning ekologik afzalliklari muhokama qilindi. 

Tadbir ishtirokchilariga zamonaviy yechimlar, ilg‘or tajribalar va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Shuningdek tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tominidan kerakli javoblarni oldi.

2026-06-08