"O'zbekneftgaz" AJning Boshqaruv xodimlari 2023-yil 18-22-sentyabr kunlari "UNG training" MChJ tomonidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Boshqaruv mahorati va zamonaviy boshqaruv texnologiyalari" dasturi bo'yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.



