“UNG training” MChJ 2020-yili “Tarmoqlararo o‘quv-kurs kombinati” MChJ va “Ta’sis o‘quv” ta’lim markazi” MChJ negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-309-sonli “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Shurtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ o‘quv markazini “UNG training” MChJ tarkibiga qo‘shish orqali “UNG training” MChJ qayta tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda “UNG training” MChJ “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi barcha korxona va tashkilotlarini, shu jumladan: neft va gaz sanoati xodimlarini tayyorlash, kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yagona asosiy vakolatli tashkilot hisoblanadi.