Jamiyatning asosiy maqsadi
Neft va gaz sanoatini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash, mazkur sohada ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida o'zaro integratsiyani yo'lga qo'yish, kadrlarni o'qitishning usul va shakllarini takomillashtirish orqali ta'lim sifatini hamda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish.
"O'zbekneftgaz" AJ va uning tizimidagi jamiyatlar va korxonalarning, shuningdek boshqa yuridek hamda jismoniy shaxslarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha ehtiyojlarini qondirish.
Jamiyatning asosiy vazifalari
neft va gaz sohasi uchun ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqib, zamonaviy talablar asosida xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
neft va gaz sohasida ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o'zaro integratsiyasini ta'minlash;
ta'lim tashkilotlari o'quv dasturlarini ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qayta ko'rib chiqishda ishtirok etish, o'quv jarayoniga ilg'or xorijiy tajribani, jumladan zamonaviy ta'lim texnologiyalarini tatbiq etish;
ilmiy-texnik taraqqiyot, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohadagi tarkibiy o'zgarishlarni inobatga olgan holda hamda fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy faoliyatning qo'shimcha turlarini amalga oshirish uchun kadrlarni qayta tayyorlash;
profissional ta'lim dasturlari bo'yicha ta'lim xizmatlarini ko'rsatish;
ta'limning asosiy yo'nalishlari bo'yicha o'quv dasturlari, o'quv rejalari, ilmiy va uslubiy o'quv qo'llanmalarini ishlab chiqish;
o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mehnatni muhofaza qilish, sanoat va texnika xavfsizligi sohasida ta'lim xizmatlarini ko'rsatish;
o'quvchi va talabalarni bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy ishlash ko'nikmalarini shakllantirish;
yetakchi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish;
Jamiyat joylashgan joyda va undan tashqarida dolzarb masalalar bo'yicha seminarlar, ko'rgazmalar, konferensiyalar tashkil etish;
o'quv-mashg'ulot jarayoni sifatini oshirishga, neft-gaz sohasi xodimlari qobiliyatini rivojlantirish va rag'batlantirishga qaratilgan tadbirlar (konferensiyalar, seminar-treninglar, tanlovlar) tashkil etish;
axborot-kutubxona xizmatlarini ko'rsatish;
profissional ta'lim, ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida ma'lumotlar bazasi va dasturiy yechimlarni yaratish;
ilg'or xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar, kompaniyalar, o'quv markazlari bilan kadrlar malakasini oshirish borasida tajriba almashish yo'li bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda ta'lim dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, Jamiyat xodimlarining malakasini oshirishni va stajirovka o'tashini ta'minlash;
neft-gaz korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ma'lumotlarini yaratish, to'plash va tarqatish;
o'z mulkini himoya qilish va talon-toroj qilinishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'radi.